CHJENCHJOU
CHJENCHJOU — Xitoyning shimol qismidagi shahar, Buyuk Xitoy tekisligida. Xenan provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 6,1 million kishi (1999). Transport yo’llari chorrahasi. Paxtachilik rnining savdo markazi. Mashinasozlik va to’qimachilik sanoatlari rivojlangan. Qora va rangli metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Shahar yaqinidan toshko’mir va temir rudasi qazib olinadi. Qadimgi Xitoyning metallurgiya tarixi muzeyi bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz