CHIZMA



CHIZMA — qog’oz, kalka (qora qog’oz), taxta, yer sirti va boshqalarga chizilgan loyiha; maxsus chizmachilik asboblari (reysfeder, tsirkul, reysmus, reysshina, chizg’ich va boshqalar) yordamida qalam, tush bilan ma’lum qoidalar asosida chizilgan grafik tasvir. Mashinalar, mexanizmlar, bino va inshootlar, vertolyot va samolyotlar, raketa va kosmik kemalar, radio va televizorlar, xullas korxonalarda tayyorlanadigan, qurilish maydonlarida quriladigan narsalar va ob’yektlarning qismlarini tayyorlash, buzilganda ta’mirlash (tuzatish), tekshirish uchun Chizmadan foydalaniladi. Mashinasozlikda qo’llanadigan Chizma 3 turga bo’linadi: turkumlab va ko’plab ishlab chiqarish Chizmalari, yakka tartibda ishlab chiqarish Chizmalari va ta’mirlash chlari. Chizmalarda tayyorlanadigan, ta’mirlanadigan va tekshiriladigan narsalarning o’lchamlari, materiali, vazifasi, aniqlik, tozalik sinflari va boshqa ma’lumotlar ko’rsatiladi. Qurilitshdagi Chizma umumiy ko’rinish Chizmalari va ishchi (qurish) Chizmalariga bo’linadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz