Chizg'ich
Chizg'ichlar yoki bazan
o'lchagich deb ham ataladigan asboblar geometriya va texnik chizmalarda, shuningdek, muhandislik va qurilish sanoatida masofalarni o'lchash yoki to'g'ri chiziqlar chizish uchun ishlatiladigan qurilma.
Variantlar
Ko'p yillar davomida o'lchagichlar odamlar tomoidan turli-xil uzunlikda va turli-xil xom-ashyolardan tayorlanib kelinadi. Ba'zilari yog'och, plastmassaari ham plastmassa ixtiro qilinganidan beri ishlatilgan. Ular uzunligi standard bo'lgan qoliplarda tayyorlanadi, yog'ochliklari kabi yo'nish o'rniga. Metalliklari esa ko'proq bardoshiligi uchun ustaxonalarda foydalaniladi. Ba'zida esa yog'och chizg'ichlarning burchaklariga ham metall himoyalovchi o'rnatilganlarini ko'rishimiz mumkin. 12 dan 30 cm gacha bo'lgan o'lchagichlar yuzalarda ishlatish uchun qulay. Kichik hajmdagi o'lchagichlari cho'ntakda olib yurish mumkin. Uzunroq o'lchagichlar esa, masalan, 18 dan 46 cm, faqatgina zarur paytlarda foydalaniladi. Qattiq yogochli yoki plastik mezonlar odatda kattaroq yuzalarda, hovli maydoni, yer va shu kabi maydonlarni o'lchash uchun foydalanilgan. Ularning zamonaviy ko'rinishlari esa o'lchov tasmasi, geodezik g'ildirak yoki lazerli masofa o'lchagichlar ishlatilinmoqda.
uz.wikipedia.org