Chitrashi Rawat
Chitrashi Rawat (1989-yil 29-noyabrda tugʻilgan) — hind modeli, sportchi va aktrisa, Hindistonda 2007-yilda Chak De! filmidagi Komal Chautala roli bilan tanilgan. Chitrashi professional xokkeychi. U 17 yoshida chap hujumchi sifatida xokkey oʻynashni boshlagan.
Faoliyati
Rawat bolaligidan chim ustida xokkey bilan shugʻullangan. U Hindistonda Jabalpurdagi tinglovdan keyin kino suratga oluvchilar tomonidan Chak De! filmidagi xokkeychi roli uchun tanlangan. Film butun dunyo boʻylab blockbusterga aylangan, shunday qilib, Rawat shuhrat qozongan. 2008-yilda u oʻzining ikkinchi tashabbusi boʻlgan Fashion filmida rol ijro etgan. Film yahshi daromad koʻrib muvaffaqiyat qozongan va tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻlgan. Rawat 2009-yilda Sanjay Dutt, Imran Khan, Shruti Hassan, Mithun Chakraborti va Ravi Kissen kabi super yulduzlar bilan Good Luck filmida bosh rolni ijro etgan. Good Luck ham tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻlgan, lekin oʻrtacha daromad koʻrgan.
Uning soʻnggi filmlari orasida Yeh Dooriyan va 2012-yilda mashhur Tere Naal Love Xo Gaya edi.
Rawat Guru Nanak akademiyasining sobiq talabasi. Uttarakhand, Raipur shahrida yashovchi T.S. Rawatning qizi Rawat milliy chempionatlarda Uttarakhand xokkey jamoasini muntazam himoya qiladi. Hozirda u S.t Endrew FYBMM maskanida ommaviy axborot vositalari sohasida bakalavriatda tahsil olmoqda. U Vidya Malvade va Sagarika Ghatge bilan birgalikda „Minute Maid pulpy“ uchun modellik qilgan.
Rawat Dehradun shahridan. U shuningdek, Star Gold telekanalida efirga uzatiluvchi Sabse Favorite Kaun dasturiga boshlovchilik qilmoqda. U, shuningdek, Optimystix Comedy Curcus 2 ishtirokchisi edi. Rawat Madhur Bhandarkarning Fashion filmida Shomu rolida va 2009-yilda Good Luck jangovar triller filmida Shortcut rolini ijro etgan. Keyinchalik u Iss Jungle Se Mujhe Bachao filmida, I’m a Celebrity filmining hind talqinida ishtirok etgan.
2020-yilda Rawat rejissyor Tiska Chopraning qisqa metrajli Rubaru filmida rol ijro etgan.
Filmografiyasi
Filmlar
Manbalar
uz.wikipedia.org