CHITIR



CHITIR (Strigosella) — butguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o’tsimon o’simliklar turkumi, begona o’t. O’zbekistonda tukli Chitir (S. trichocarpa Botsch.) va Turkiston Chitiri (S.turkestanica (Litv.) Botsch.) turlari uchraydi. Tukli Chitir bo’yi 560 santimetr, poyasi oddiy yoki shoxlangan. Barglari bandli, ellipssimon, cheti tekis. To’pguli shingil. Qo’zoqlari 3-8 santimetr. Aprel—mayda gullab, urug’ beradi. Tog’yon bag’irlari, soy bo’ylari, shuningdek, sug’oriladigan dalalar va lalmi g’allazorlarda begona o’t sifatida o’sadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz