CHIT
CHIT (sanskritcha chitras — olabula) — yengil ipgazlama. Qadimdan Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekiston hududida yog’och dastgohda paxta ipidan to’qilgan. Hozir to’quv stanoklarida to’qiladigan dag’al xom surp (mitkal) ni pardozlab (mayinlashtirib, ohorlab, gul bosib) olinadi. Sidirg’a va gul bosilgan xillari bo’ladi. Chitdan ayollar, bolalar va erkaklar ko’ylaklari, ko’rpako’rpachalar, darpardalar va boshqa mahsulotlar tikiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz