CHIROQILAR



CHIROQILAR, cherokilar — AQSh dagi irokezlar guruxiga mansub indeys xalqi (shimoliy Karolina va Oklaxoma Shtatlaridagi rezervatsiyalarda yashaydilar). 66 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Asosan, dehqonchilik, mayda tadbirkorlik bilan shug’ullanadilar. Dindorlari — xristianlar (katoliklar, protestantlar va boshqalar); an’anaviy e’tiqodlar ham saqlanib qolgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz