Chirildoqlar (qushlar)




Chirildoqlar (Locustella) -chumchuqsimonlar turkumiga mansub qushlar urugʻi. Eng mayda qushlardan, uz. 12— 16 sm. Tanasi choʻziq, tumshugʻi juda uzun va toʻgʻri. Tanasining ustki tomonida yoki tomogʻida uzunasiga joylashgan qoramtir dogʻlar bor. 7—8 turi, jumladan, Oʻzbekistonda 4 turi maʼlum. Yevropa, Shim.Gʻarbiy Afrika va Osiyoda (janubda Himolaygacha) tarqalgan. Afrika va Janubiy Osiyoda kishlaydi. Oʻrmon chetlari va toʻqaylarda yashaydi. Butalarga yoki yerga uya quradi. Yer bagʻirlab past uchadi. Hasharotlar bilan oziqlanadi. Chirqillashga oʻxshash ovoz chiqarib sayraydi (nomi shundan).

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz