Chirchiq
Chirchiq — Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiqdaryosining oʻng sohilida, Qorjontovning yon bagʻrida, 730 m balandlikda, Toshkentdan 30 km shim.sharqda joylashgan. Aholisi 170,1 ming kishi (2015).Maydoni 100 km.kv
Shahar tarixi
Toshkent Chorvoq temir yoʻldagi stansiya va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Ch. 1932-yilda daryo boʻyidagi Qirgʻizquloq, Qipchoq, Niyozbek qishloqlari oʻrnida yirik elektrkimyo qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Yangi sanoat korxonalari qurilishi bilan aholi soni ham tez oʻsdi (1939-yil — 15 ming kishi, 1959-yil — 65 ming kishi, 1970-yil — 107,4 ming kishi). 30 — 40-yil larda Industrial texnikumi binosi, 50-yillarda elektrkimyo korxonasining Madaniyat saroyi va boshqa jamoat binolari qurildi. 1966—67 yillardan koʻp qavatli yirik panelli binolar qad koʻtardi. Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan chirchiqliklar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik, madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar, maktablar, poliklinika, kasalxona va boshqa bunyod etildi. Shahar yonida aholining dam olish joylari mavjud.
Zavod va fabrikalar
Shaharda „Chirchiqqishloqmash“, „Transformator“, „Oʻzbekkimyomash“, „Elektrkimyosanoat“ (mineral oʻgʻitlar), qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar kti kabi korxonalar ishlab turibdi. 26 ta qoʻshma korxona (shu jumladan, „Kibo“, „Chirkom“, „Uzmetalltexnolodji“, „Bursel—Tashkent—Tekstil“), 850 dan ziyod kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, temirbeton konstruksiyalari ishlab chiqariladi. Gʻisht, asfaltbeton zavodlari, goʻsht, non ktlari, poyabzal va tikuvchilik fabrikalari mavjud.
Aholisi
Chirchiq aholisi 170 000 ming odam atrofida sanaladi. Chirchiq koʻp millatlarni oʻz bagʻriga sigʻdirgan shahar. Chirchiqda oʻzbek, qozoq, tojik, rus, tatar, qoraqolpoq, qizgʻiz, koreys va boshqa millat vakillari tinch totuvlikda hayot kechirmoqdalar. Chirchiq shahrining aholisi yildan yilga oshib bormoqda. Ohirgi yillarda yangi turar joylar qurilib shahar infrastrukturasi rivojlanmoqda.
Aholisi asosan oʻzbek, rus va qozoq tillarida gaplashishadi.
Taʼlim va madaniyat
Chirchiq oliy tank komandirmuhandislik bilim yurti, 25 umumiy taʼlim maktabi, 7 oʻrta maxsus bilim yurti, 12 kutubxona, 3 madaniyat muassasasi, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Kasalxona (500 oʻrin), poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar ishlab turibdi. 2017-yili Chirchiqda yangi Pedagogika Insituti ochildi.
Transport
Chirchiqdan Toshkent shahriga avtobuslar va yonalishli kichik mikroavtobuslar(gazel) qatnaydi. Shahar ichida 26 ta yonalishli avtobus va mikro avtobuslar qatnamoqda. Shahardan poezd yoli oʻtgan.
„Chirchiq tongi“ gazeta (1932-yildan nashr etiladi, adadi 760), „Chirchiq“ (1932-yildan nashr etiladi, adadi 800) gaz.lari chiqariladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org