CHIRCHIQ (qadimgi nomi parak, “Boburnoma”da chir, keyingi kichraytirilgan nomi Chirchiq) — Toshkent viloyatidagi daryo. Sirdaryoning yirik o’ng irmog’i. Daryo havzasi Janub va Sharqda Qurama tizmasi va Chatqol tog’ tizmalari, shimolda Talas Olatovi va uning g’arbiy tarmoqlari bilan chegaralangan. G’arbiy Tyanshan tog’laridagi qor va muzliklardan Chatqol, Ko’ksuv va Piskom daryolari boshlanadi. 1971 yilgacha Chirchiq Chorvoq soyligida Chatqol va Piskom daryolari qo’shilishidan hosil bo’lar edi. Endilikda daryo Chorvoq suv omboridan boshlanadi va Chinoz qishlog’i yonida Sirdaryoga quyiladi. Uzunligi 454 kilometr, havzasining maydoni 14240 kilometr kvadrat. Chirchiq tez oqadigan tipik tog’ daryosi, tog’li qismida chuqur, tor va Nishab o’zanda tez oqadi. Ugom daryosi qo’shilgandan so’ng Chirchiq vodiysi kengayadi. Chirchiqqa bir necha irmoqlar kelib quyiladi. Eng yiriklari Ugom daryosi va Oqsoqotasoy. Qolgan mayda irmoqlari (Qizilsuv, Sho’robsoy, Ozodboshsoy, Oqtoshsoy, Tovoqsoy, Qorangko’lsoy, G’olibasoy, Oltinbeksoy, va boshqalar) ning ba’zilari yoz va kuz oylarida qurib qoladi. Vodiyning tekislik qismida daryoga birorta ham irmoq qo’shilmaydi. Chirchiq qor va muzlik suvlaridan to’yinadi. Suv sarfi Xo’jakent qishlog’i yaqinida 221 metr kub/ sekund, Chinoz qishlog’i yonida 62 metr kub/sekund. Eng ko’p suv sarfi 2160 metr kub/sekund (1959 yil 8 aprel) va 1452 metr kub/sekundga (1914 yil 14 may) yetgan. Bunday katta suv sarfi Chirchiq daryosi uchun xos emas. Eng kam suv sarfi 22 mert kub/sekund bo’lgan (1956 yil fevral). Chirchiq Sirdaryoga yiliga 164 metr kub/sekund suv quyadi. Suv oqimining 52,4% mart—iyun oylarida, 32,1% iyul—sentabr va qolgan 15,5% oktabr — fevral oylarida oqadi. Yanvar—fevral oylarida suvi kamayib, 52 metr kub/sekunddan oshmaydi. Chirchiqda loyqa oqiziqlar kam. Tog’lardan chiqib tekislik bo’ylab oqqanda suvi ko’plab irrigatsion tarmoqlar orqali sug’orishga olinadi. Zaxariq, Bo’zsuv, Qorasuv, Shimoliy Toshkent kabi kanallar Chirchiq daryosidan suv oladi. Daryodan gidroenergetikada ham keng foydalaniladi. Qodiriya, Tovoqsoy, Oqqovoq, Oqtepa, Salor va uchta quyi Bo’zsuv, Chorvoq (quvvati 600 ming kVtsoat, G’azalkent) GESlar kaskadi shular jumlasidandir. Chirchiq suvi, asosan, Toshkent viloyati hududidagi ekin maydonlarini sug’orishga sarflanadi (Chirchiq — Bo’zsuv sistemasi O’zbekiston hududida 100 ming gektardan ziyod yerni sug’oradi), shuningdek, Toshkent, Chirchiq, Yangiyo’l, G’azalkent shaharlarini va ko’p qishloqlarni suv bilan ta’minlaydi. Chirchiq o’rta oqimida uning o’ng sohilidagi terrasalarda Toshkent shahri joylashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Chirchiq — O‘zbekistonning Toshkent viloyatidagi shahar va tuman markazi. U Toshkent shahridan shimoli-sharqda joylashgan va mamlakatdagi asosiy sanoat markazlaridan biri hisoblanadi. Chirchiq shaharining ahamiyati ko‘plab sanoat korxonalari, asosan metallurgiya, kimyo va yengil sanoat tarmoqlarida namoyon bo‘ladi.
Chirchiqning tarixi
Chirchiq shahri 1935-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab sanoat korxonalari atrofida shakllangan maskan sifatida rivojlandi. Sovet davrida u tezkor sanoat markaziga aylangan, bu yerda ko‘plab yirik zavodlar va fabrikalar joylashgan edi. Shaharning nomi yaqin atrofdagi Chirchiq daryosidan kelib chiqqan.
Geografik joylashuvi
Chirchiq shahri respublikaning shimoli-sharqida joylashgan. U Toshkentdan taxminan 32 kilometr masofada joylashgan bo‘lib, strategik joylashuvi tufayli transport tarmoqlari rivojlangan. Shaharning atrofida tog‘li hududlar mavjud bo‘lib, tabiiy resurslarga boy.
Iqtisodiyot va sanoat
Chirchiq sanoat jihatdan rivojlangan shaharlardan biri bo‘lib, u erda metallurgiya, kimyo sanoati, ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritadi. Shaharda avtomobilsozlik, elektrotehnika, oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Bu hududda joylashgan yirik zavodlar ish o‘rinlarini yaratadi va O‘zbekiston iqtisodiyotiga muhim hissa qo‘shadi.
Madaniyat va ta'lim
Chirchiqda bir nechta madaniyat muassasalari, kutubxonalar, maktablar va oliy ta'lim muassasalari mavjud. Shahar aholisi o‘rtasida sport, san’at va madaniyat rivojiga katta e'tibor qaratiladi. Har yili turli madaniy tadbirlar va ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.
Transport
Chirchiq shahri yo‘l va temiryo‘l tarmoqlari orqali yaxshi bog‘langan. Bu shahar orqali O‘zbekistonning boshqa hududlariga va qo‘shni davlatlarga transport aloqalari o‘rnatilgan. Shuningdek, Chirchiq orqali kichik va o‘rta biznes vakillari ham faoliyatlarini yuritadi.
Xulosa qilib aytganda, Chirchiq O‘zbekistonning sanoat va madaniy markazlaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining barqarorligiga xizmat qiladi. Shaharning tabiiy go‘zalliklari, sanoat korxonalari va madaniy hayoti uning aholisining farovonligi uchun muhim omillardir.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish