CHIQISH VA BOTISH TUGUNLARI



CHIQISH VA BOTISH TUGUNLARI — osmon jismlari orbitalarining 6 elementi jumlasiga kiruvchi nuqtalar. Elliptik orbitalar bo’ylab harakatlanayotgan osmon jismlarining vaziyatini aniqlash uchun katta yarim o’q, ekstsentrisitet, og’malik, perigeliygacha masofa va o’rtacha anomaliyayaan tashqari, yana Chiqish va botish tugunlari kattaligi ma’lum bo’lishi kerak. Har bir sayyora orbitasi ekliptikani 2 nuqtada kesib o’tadi. Ana shu nuqtalardan birini chiqish, ikkinchisini botish tugunlari deyiladi. Sayyora osmonning Janubiy yarim sharidan shimoliy yarim shariga o’tish nuqtasi chiqish tuguni va shimoliy yarim shardan Janubiy yarim sharga o’tish nuqtasi botish tuguni deb qabul qilingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz