CHIPORQANOTLILAR (Zygaenidae yoki Anthroceridae) — kapalaklar oilasi. 1200 ga yaqin turi ma’lum. Qanotlari yoyilganda 5 santimetrcha. Oldingisi, odatda, yaltiroq, ko’k, yashil yoki qora. Qizil, sariq, oq dog’lari bor. Ba’zi Chiporqanotlilar rangi sidirg’a bir xilda. Lichinkasi o’simlik (asosan, dukkakdoshlar) bargi bilan oziqlanadi. Pilla ichida g’umbakka aylanib, qishlaydi. Yer yuzida, ayniqsa, tropiklarda tarqalgan. O’zbekistonda 10 ga yaqin turi uchraydi. Ayrim turlari madaniy o’simliklar zararkunandasi. Tok chiporqanotlisi tok bargi va kurtagini zararlaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish