Chipor ilon




Oq ilon , chipor ilon (Coluber ravergieri) — suvilonsimonlar oilasiga mansub tur. Gavdasininguz. 1 — 1,5 m. Terisi kulrang, baʼzan sargʻish, yashil tusda tovlanadi. Kaltakesaklar, qushlar va kemiruvchilar bilan oziqla-nadi. Kunduzi devor yoriklarida, toshlar tagida, turli kemiruvchilar inida, baʼzan odam yashaydigan binolarda yashirinib yotadi, ertalab va kechqurun faol. Urgʻochisi iyun—iyul oylarida 5—20 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan bolasi avgust— sentabrda chiqadi. Oq ilon aprel—may oyida poʻst tashlaydi. Misr, Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston, Zakavkazye, shim.-gʻarbiy Hindistonda tarqalgan. Oʻzbekistonda tipik kenja turi uchraydi. Zahar-siz, bezovta qilinsa, tishlaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz