Chinoz (qabila)




Chinoz (moʻgʻulcha — boʻri) — oʻzbeklar tarkibiga kirgan kabilalardan biri. Rashiduddin Fazlulloh (14-asr)ning "Jomeuttavorix" tarixiy asarida yozilishicha, "CH." atamasi moʻgʻullarning tayjuit qabilasi tarkibidagi urugʻlardan birini anglatadi. Keyinchalik Ch.lar tayjuitlardan ajralib, mustaqil kabila boʻlganlar. 13—14-asrlarda Ch. kabilasi ham boshqa bir qancha moʻgʻul qabilalari kabi Dashti Qipchoqning sharqiy qismiga kelib oʻrnashganlar. 16—17-asrlarda ularning bir qismi Qarshi choʻli (Qarshi shahri yaqini)ga va Toshkent vohasiga koʻchib kelib, oʻtroqlashib ketgan. Dashti Qipchoqsa qolgan qismi esa qoraqalpoklar tarkibiga kirgan.



uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz