CHINOZ



CHINOZ (mo’g’ulcha — bo’ri) — o’zbeklar tarkibiga kirgan kabilalardan biri. Rashiduddin Fazlulloh (14-asr) ning “Jomeuttavorix” tarixiy asarida yozilishicha, “Chinoz” atamasi mo’g’ullarning tayjuit qabilasi tarkibidagi urug’lardan birini anglatadi. Keyinchalik Chinozlar tayjuitlardan ajralib, mustaqil qabila bo’lganlar. 13-14-asrlarda Chinoz qabilasi ham boshqa bir qancha mo’g’ul qabilalari kabi Dashti Qipchoqning Sharqiy qismiga kelib o’rnashganlar. 16-17-asrlarda ularning bir qismi Qarshi cho’li (Qarshi shahri yaqini) ga va Toshkent vohasiga ko’chib kelib, o’troqlashib ketgan. Dashti Qipchoqda qolgan qismi esa qoraqalpoqlar tarkibiga kirgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz