Chinniguldoshlar




Chinniguldoshlar (Caryophyllaceae) — chinnigulnamolar kabilasiga mansub oila. Chalabuta hamda bir, ikki va koʻp yillik butalardan iborat. 80 turkumga kiradigan 2000 turi bor. Oʻzbekistonda 24 turkumga mansub 122 turi usadi. Barglari oddiy, qaramaqarshi joylashgan, bandsiz, tekis qirrali. Gullari toʻgʻri, 4—5 boʻlakli. Kosacha barglari erkin yoki tutashgan.

Changchilari 4—10 ta, urugʻchisi 1—5 ta, tugunchasi ustki, mevasi koʻsakcha. Shimoliy yarim sharning moʻtadil mintaqasida tarqalgan. Chinnigul, drema, lixnis, yer sovun va boshqa turlari manzarali. Yetmak, sovunoʻt, echkimiya va boshqa ildizlari xolva va har xil ichimliklar tayyorlashda ishlatiladi. Ch.ning baʼzi turlari atirupa sanoatida va tibbiyotda qoʻllanadi. Ch.ning 10 turi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz