CHINIQTIRISH 1) texnikada — yangi ishlab chiqarilgan mashinalar (avtomobil, traktor, tramvay, trolleybus, samolyot, temir yo’l sostavi, stanoklar va boshqalar) ni dastlab muayyan maromda (rejimda) ishlatib, astasekin ravon ishlaydigan holga keltirish. Masalan, avtomobilni me’yoriy (pasportda ko’rsatilgan) tezlikda hayday boshlashdan oldin muayyan pastroq tezlikda haydab yurish kerak bo’ladi. Shunda uning birbiriga ishqalanib moslashuvchi detallari (mas, dvigatelining tsilindri bilan porsheni) muddatidan oldin eyilib ketmaydi, ravon ishlaydigan bo’ladi. Samolyot va vertolyotni sinovchi uchuvchilar chiniqtiradi. Temir yo’l sostavi ham oldiniga yo’lovchilarsiz haydab sinab ko’riladi; 2) tibbiyotda — organizmning tashqi muhitning noqulay sharoitlariga chidamliligini oshirish, shartli refleks omillarini kuchaytirish uchun bajariladigan muolajalar majmui.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish