Chinšćina
Xitoy tili — xitoy-tibet tillari oilasiga mansub tillardan biri. XXRning rasmiy davlat tili. Unda XXRning 92% aholisi — 1 mlrd. 292 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi (2003-yil). Xitoy tili, shuningdek, Indoneziya, Kambodja, Laos, Vyetnam, Myanma, Malayziya, Tailand, Singapur, Bruney, Syangan, Aomin, Filippin, Yaponiya, Koreya va dunyoning boshqa mamlakatlarida tarqalgan (30 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.
Xitoy tilida asosan, 7 lahja guruhi farqlanadi: 1) shim. (bu lahjada 70% kishi soʻzlashadi va u hozirgi adabiy Xitoy tiliga asos boʻlgan); 2) u; 3) syan; 4) gan; 5) xakka; 6) yue; 7) min. Bu lahjalar fonetik va leksik jihatdan oʻzaro katta farq qiladi, hatto lahjalarning vakillari bir-birlarini tushunmay qoladilar; biroq ularning grammatik qurilishi va lugʻat tarkibi yagonadir. Lahjalar muntazam tarzdagi tovushiy mosliklar orqali oʻzaro bogʻlangan. Xitoy tilining fonetik meʼyorlari Pekin shevasi talaffuziga asoslanadi.
Xitoy tiliga oid qadimiy yozma yodgorliklar (tosh, bronza, suyak va boshqalarga yozilgan yozuvlar) mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga oid. Qadimiy adabiy yodnomalar — "Shutszin" ("Tarix kitobi") va "Shitszin" ("Qoʻshiqlar kitobi") mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmiga oid. Oʻsha davrdagi jonli lahjalar asosida qadimgi adabiy Xitoy tili — Venyan vujudga kelgan. Keyinchalik u ogʻzaki jonli tildan uzoqlashib, mil. 1-ming yillikda xalq tushunmaydigan til boʻlib qolgan. Shu sababli mil. 1-ming yillikda yangi (sodda) yozma til — baihua vujudga keladi; shim. baihua tili keyinroq umumxalq Xitoy tili — putunhua (umumxalqqa tushunarli til) uchun asos boʻldi. 20-asrning 1-yarmida putunhua qadimgi Xitoy tili — venyanni tamoman siqib chiqarib, yagona milliy til boʻlib qoldi.
Xitoy tilidagi morfema va sodda soʻzlar odatda bir boʻgʻinlidir. Boʻgʻin tarkibiga kiruvchi undosh va unli tovushlar (ularning soni haqida hanuzgacha yagona fikr yoʻq) maʼlum bir tartibda joylashadi. Masalan, bir necha undosh tovush ketma-ket kelishi mumkin emas, biroq unlilar ketma-ket, oʻzaro birikib kelishi mumkin. Toʻliq tarkibli xitoy boʻgʻinida birinchi oʻrinda hamisha undosh tovush turadi, ikkinchi oʻrinda 1unli, undan keyin 2unli, oxirida esa yarim (kuchsiz) unli yoki burun tovushi joylashadi. Qatʼiy tartibga qaramasdan Xitoy tilida boʻgʻin tarkibiga kiruvchi tovushlarning hammasi ham bir-biri bilan birika olmaydi, shuning uchun xitoy boʻgʻinlarining miqdori chegaralangandir. Putunhuada 414 boʻgʻin, ton (ohang—musiqiy ovoz) variantlarini hisobga olganda, 1324 boʻgʻin bor. Xitoy tilida ton (ohang), tovushga oʻxshab, maʼno farqlash vazifasini bajaradi (qarang Tonal tillar). Agar bir boʻgʻin 4 xil ton bilan talaffuz etilsa, 4 ta har xil maʼnoli soʻz hosil boʻladi.
Xitoy tilida bir boʻgʻinli soʻzlarga nisbatan ikki boʻgʻinli soʻzlar koʻproq. Terminologiyaning rivojlanishi natijasida ikkidan ortiq boʻgʻinli soʻzlar ham koʻpaymoqda. Soʻz yasalishi soʻz qoʻshish, affiksatsiya va konversiya (bir soʻz turkumidan boshqa soʻz turkumiga oʻtish) orqali amalga oshadi. Soʻz yasash qoliplari soʻz birikmalari qoliplariga oʻxshash boʻlganligidan baʼzan yasama, qoʻshma soʻzlarni soʻz birikmalaridan ajratib olish qiyin.
Xitoy tilida deyarli oʻzlashma soʻzlar yoʻq. Oʻziga xos morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega. Xitoy tili, asosan, amorf tillardan boʻlsada, ayrim hollarda agglyutinativ belgilar ham uchraydi. Xitoy tili iyeroglifik yozuvdan foydalanadi (qarang Xitoy yozuvi).
LA.Torelov V. I., Prakticheskaya grammatika kitayskogo yazika, M., 1957; Solnsev V. M., Ocherki po sovremennomu kitayskomu yaziku, M., 1957; Yaxontov S. Ye., Drevnekitayskiy yazik, M., 1965; Hidoyatova Sh., Karimov A., Aminov E., Xitoy tili grammatikasi (fonetika va iyeroglifik yozuv), T., 2004.
Akramjon Karimov.
Xitoy tili (汉语/漢語, pinyin: Hànyǔ; 华语/華語, Huáyǔ; yoki 中文, Zhōngwén) - Xitoy-Tibet oilasiga kiruvchi til. Xitoy Xalq Respublikasi,Tayvan, Gang Kong, Makau va Singapurning rasmiy tili. Bugun Xitoy tilida 1.136 milyard kishi soʻzlashadi.
Havolalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Chinšćina — bu Xitoyning rasmiy tilidir va dunyoda eng ko‘p so‘zlashuvchilari bo‘lgan tillardan biridir. Chinšćina umumiy ma'noda Xitoy tillarining butun guruhiga taalluqlidir, lekin ko‘pincha bosh til sifatida xitoyning eng keng tarqalgan dialekti, ya’ni Mandarin (Putonghua) nazarda tutiladi.
Chinšćina haqida batafsil ma’lumot:
1. Til guruhi va turlari
Chinšćina sin-xitoy tillari oilasiga kiradi. Bu oilaning tarkibida ko‘plab dialektlar va tillar mavjud bo‘lib, ular ko‘pincha bir-biridan uncha farqli bo‘ladi. Chin tilining asosiy turlari quyidagilar:
- Mandarin (Putonghua) – Xitoyning rasmiy tili va eng keng tarqalgan dialekti. Asosan Shimoliy va Markaziy Xitoyda so‘zlashiladi.
- Kanton tili (Yue) – Janubi-g‘arbiy Xitoyda, xususan Guangdong viloyatida va Gonkongda keng tarqalgan.
- Shangxay tili (Wu) – Shangxay va atrofidagi hududlarda so‘zlashiladi.
- Min tili – Fujian viloyati va Tayvanda tarqalgan.
- Hakka va boshqa turlar.
2. Yozuv sistemi
Chinšćina yozuvi juda o‘ziga xos va belgilarning minglab turlari bor. U yozuv tizimi logografik ekan, ya’ni har bir belgi ma’lum bir so‘z yoki morfemani ifodalaydi. Chin yozuvidan avvalgi yillar davomida ko‘plab soddalashtirilgan shakllar paydo bo‘lishga erishilgan:
- An’anaviy belgilari – Tajvan, Gonkong va Makao kabi joylarda ishlatiladi.
- Soddalashtirilgan belgilari – Xitoyda rasmiy o‘quv va yozuvda qo‘llaniladi.
3. Igor dasturi va talaffuz
Chin tilida tonal tizimi mavjud, ya’ni bir xil tovushli so‘zlar turli tonlarda talaffuz qilinganda turli ma’nolarga ega bo‘ladi. Masalan, mandarinda to‘rt asosiy ton bor.
4. Tarixi va madaniyati
Chin tilining qadimiy tarixi 3000 yildan ortiq vaqtni qamrab oladi. Xitoy yozuvining eng qadimgi namunalaridan biri — bronza idishlardagi yozuvlar va qobiq so‘ng‘irlaridagi belgilar hisoblanadi.
5. Xalqaro ahamiyati
Bugungi kunda chin tili iqtisodiy va siyosiy jihatdan juda muhim tildir, chunki Xitoy dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan biri. Shu sababli chin tilini o‘rganish global savdo, diplomatiya va madaniyat sohalarida foydali bo‘lmoqda.
Agar sizga chin tilini o‘rganishda yordam kerak bo‘lsa yoki aynan qaysi qismi haqida ko‘proq ma’lumot olishni xohlasangiz, menga ayting!