Chingiz Azimboyev




Azimboyev Chingiz  – Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Semipalatinsk viloyati Abayevskiy tumani Abay nomidagi kolxoz katta choʻponi.

Biografiyasi



Azimboyev Chingiz 1885-yilda Semipalatinsk viloyati, Semipalatinsk tumani Mukur qishlogʻida tugʻilgan.
Yoshligidan qoʻychilik bilan shugʻullangan.1920-yillarning oxirida Semipalatinsk tumanida Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi(1930-yil dekabrdan – Sharqiy Qozogʻiston, 1939-yildan – Semipalatinsk viloyati) qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish boshlandi va 1930-yilda tajribali qoʻychi Chingiz Azimboyev birinchilardan boʻlib yangi tashkil etilgan „Abay“ nomidagi kolxozga ishga kirib, oʻttiz yil davomida, jumladan, 1-jahon urushining ogʻir yillarida choʻponlik qilgan. 1944-yilga kelib, kolxozda qoʻylar soni sezilarli darajada oshdi va yangi choʻpon qishlash joylarini qurish haqida muammolar paydo boʻla boshladi ammo, Ch. Azimboyev taklif qilgan yechim orqali uning qishlog tez orada butun viloyat choʻponlarining ilgʻorlik maktabiga aylandi. Azimboev bu masalani oqilona hal qila oldi. 

Faoliyati



Choʻponning koʻp yillik tajribasi, ishga ijodiy yondashishi, mehnatsevarligi va vijdonliligi 1947-yilda ajoyib natijaga erishishga imkon berdi jumladan: 425 bosh qoʻydan oʻrtacha 532 qoʻzi (har yuz qoʻydan 125 qoʻzi) oldi. qoʻzilarning vazni 40 kilogrammni tashkil qilgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1948-yil 23-iyuldagi farmoni bilan 1947-yilda kolxoz qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining yetkazib berish va chorvachilikni rivojlantirish rejasini bajarib, chorvachilikning yuqori mahsuldorligiga erishgani uchun Chingiz Azimboyevga Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali faxriy unvonlari bilan taqdirlangan. Yoshi qarib qolganiga qaramay, keyingi yillarda yuqori ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishdi, 1960- yilda nafaqaga chiqdi. U oʻnlab yosh chorvadorlarni tarbiyalab, oʻz ishining ustasi boʻldi. Uning sevimli mashgʻuloti qozoq shoirlari Abay va Shakarim asarlarini yigʻish va qishloqdoshlari orasida targʻib qilish boʻlgan.
Semipalatinsk viloyati Abayevskiy tumani Mukur qishlogʻida (hozirgi Abay viloyati Semey shahri viloyat markazi tarkibiga kirgan) yashagan. 1974-yil 13-sentyabrda (boshqa maʼlumotlarga koʻra, 15 oktyabr) vafot etgan. Chingiz Azimboyev Abay tumani Koʻkbay qishlogʻi qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz