Chinese Women's Super League
Xitoy Ayollar Superligasi (
CWSL ) - Xitoydagi ayollar futbolining eng yuqori darajadagi ligasi. Xitoy Ayollar Superligasi 2011-yildan 2014-yilgacha Xitoy ayollar milliy futbol ligasi deb nomlangan.
Tarixi
Xitoy Ayollar Superligasi 1997-yilda Xitoy Ayollar Premer-Futbol Ligasi sifatida boshlangan. Ayollar Superligasi nomi ilk bor 2004-yilda qabul qilingan. 2011-yildan 2014-yilgacha bo'lgan mavsumlarda liga nomi Xitoy ayollar milliy futbol ligasi deb o'zgartirildi.
2015-yilda Xitoy futbol assotsiatsiyasi ligani yana Ayollar Superligasi deb atashni joriy etdi. Shuningdek, Xitoy Ayollar Superligasi LeTV Holdings Co Ltd. tashkilotining homiyligiga ega bo'ldi. Shu yili Xitoy Ayollar Superligasi Ispaniyaning Kelme kiyim-kechak kompaniyasi bilan formalar bilan ta'minlash uchun besh yillik shartnoma imzoladi.
Quanjian Group va Guotai Junan Securities kabi yirik korporativ homiylar va investorlar ishtirokida 2016-yilgi mavsumdan soʻng ayollar klublariga sarmoya kiritish tezlashdi. Oʻyinchilarning maoshlarini oshirish va Yevropaning yuqori divizion ligalaridan yuqori darajadagi oʻyinchilarni jalb qilish ishlari keng avj oldi. Masalan, quyidagi mashhur sportchilar olib kelindi: Braziliya yulduzi Cristiane Parij Sen-Jermen jamoasidan Changchun Zhuoyuega, 2016 Toppserien oltin butsasi sovrindori Isabell Herlovsen LSK Kvinner FC jamoasidan Jiangsu Suning FC jamoasiga, nigeriyalik yulduz Asisat Oshoala Arsenal LFC jamoasidan Dalian Quanjian FC jamosiga olib kelindi.
Hozirgi klublar
Chempionlar
Xitoy Ayollar Superligasi chempionlari ro'yxati:
Yanaqarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org