CHILKAKLIK



CHILKAKLIK (Ammoperdix grise ogularis) — qirg’ovullar oilasiga mansub kush. Og’irligi 200 grammcha. Nari kulrangsarg’ish, pushti tusda. Biqinida jigarrang va qora yo’llari bor, peshonasi va ko’zining atrofi ham qora. Tumshug’i qizg’ish, oyog’i bo’g’iq sariq. Modasi odmiroq. Iroq, Eron, Afg’oniston, Pokiston, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qozog’istonda tarqalgan. Tog’oldi, qir adirli qoyatoshli joylarda yashaydi. Uyasini yerda yasaydi; 8-16 ta tuxum qo’yadi. Modasi ularni 3 haftaga yaqin bosadi. O’simliklar urug’i, kurtagi, ba’zan hasharotlar bilan oziqlanadi. Ovlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz