CHILI SOYLIGI



CHILI SOYLIGI – tinch okeanning Janubiy Sharqiy qismidagi soylik. Sharqda Chili novi, shimoli g’arbda Salaigomes va Naska suv osti tizmalari, Janubi g’arbda G’arbiy Chili tizmasi bilan chegaralanadi. Shimoldan janubga 1700 kilometrga, sharqdan g’arbga 2400 kilometrga cho’zilgan. Chuqurligi 3500-4000 metr, eng chuqur joyi 5537 metr. Ba’zi tizmalarning cho’qqilari suv yuzasidan orollar ko’rinishida ko’tarilib turadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz