CHILHUJRA



CHILHUJRA (forscha — qirq va hujra) — ilk o’rta asr (4-asr oxiri — 8-asr boshi) qo’rg’oni. Tojikistonning Shahriston tumanining Janubida joylashgan. 1961-66 yillarda qazish ishlari olib borilgan. Qo’rg’on to’rtburchak shaklda, atrofi qalin devor bilan o’ralgan, burchaklarida minoralari bo’lgan. Qo’rg’on paxsadan tiklangan. Chilhujra me’morligida gumbaz va ravoqlardan foydalanilgan. Chilhujradan devoriy rasmlar, yog’och haykallar, Tojikiston hududidagi eng qadimgi musiqa asboblari, zargarlik buyumlar topilgan. Sug’d yozuvi bitilgan 3 ta taxtacha Chilhujradan topilgan noyob yodgorlik bo’lib, u Ustrushonapa yashagan aholining tili va yozuvi to’g’risida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz