CHIG’ATOY TOHIR
CHIG’ATOY TOHIR (Tohir Shokurzoda) (1902, Toshkent — 1984.27.6, Turkiyaning Bursa shahri) — faylasuf. Toshkentdagi eski maktabda, keyin yangi usul va rus tuzem maktablarida bilim oldi. So’ng Ufadagi “Madrasai oliya”da, Boku (1915-17) da tahsil ko’rdi. 1922 yil Germaniyaga borib, Xaydelberg universitetida falsafa, sotsiologiya va iqtisodiyot fanlari bilan shug’ullandi. Shu universitetning falsafa fakultetida “Turkiston iqtisodiyoti” mavzusida drlik dissertatsiyasini himoya qildi (1931). Chig’atoy 1929-39 yillarda Berlinda chiqadigan “Yosh Turkiston” jurnal mas’ul kotibi va xodimi. 1939 yildan umrining oxirigacha Turkiyada yashadi. Anqara universiteti dotsenti va professor (1953-62), ijtimoiy fanlar bo’limi mudiri (1971 yilgacha). Chig’atoy ning “Qizil imperializm” (Istanbul, 1958-62), “Turkistonda turkiylik va xalqchilik” (Istanbul, 1951, 1954, 1967, 1969), “Turkistonda milliy ozodlik harakatidan lavhalar” (1959) kabi kitoblari nashr etilgan. Sherali Turdiyev.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz