CHIGANOV GEORGIY IVANOVICH



CHIGANOV GEORGIY IVANOVICH (1925.24.8, Qozog’iston, Kalenoye qishlog’i) — grafik rassom. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989). Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1954). Kitob-jurnal grafikasi va dastgoh grafikasida ijod qilgan Chiganov ijodiga lirizm, yorqinlik xos; asarlarida inson kayfiyati bilan tabiatning hamohangligi yetakchilik qiladi. Kitob grafikasida E. Mejelaytisning “Inson”, P. Hamzatovning “Yuksak yulduzlar”, Navoiyning “Saddi Iskandariy” va boshqa asarlarni badiiy bezagan. O’zbekistonning tarixi va hayotini umumlashtiruvchi “O’zbekistonning yoshligi” linogravyuralar turkumini; akvarelda “O’rta Osiyoning qadimiy shaharlari bo’ylab”, “Boysun”, “Shohimardon”, “Baxmal qo’shiqlari”, “Xiva”, “Toshkent tongi” kabi asarlar turkumini yaratdi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz