CHICHEN-ITSA



CHICHEN-ITSA (ChichenItza) Yukatan yarim orolining shimoldagi mayyalarning siyosiy va madaniy markazi. Milodiy 8-asrda barpo etilgan deb taxmin etiladi. 10-asrda tolteklar tomonidan bosib olingan. 11-asr o’rtalaridan Chichen-itsa tolteklarning Yukatandagi davlati poytaxtiga aylangan. Mayyapana, Ushmal va Ismal kabi shahardavlatlar qo’shinlari tomonidan 1178 yil vayron qilingan. Ispanlar istilosi davrida (16-asr o’rtasi) Chichen-itsa xaroba holatida bo’lgan. Chichen-itsa hududida bir necha marta qazishma ishlari olib borilgan; mayyatolteklarga mansub eng muhim me’moriy obidalarga “qizil uy”, “ayol monastiri”, “cherkov”, “Qorako’l” rasadxonasi, “jangchilar ibodatxonasi”, Kukulkan ibodatxona ehromi (“Kastilo”), to’p o’ynashga mo’ljallangan katta stadion va boshqalarni kiritish mumkin. Ko’plab monumentaldekorativ haykaltaroshlik namunalari va devoriy rasmlar topilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz