CHEYN (CHAIN) ERNST BORIS



CHEYN (CHAIN) ERNST BORIS (1906. 19.6, Berlin — 1979.12.8) — ingliz biokimyogari, London Qirollik jamiyati a’zosi (1949 yildan). Berlin universitetini tugatgan (1930). 1933 yildan Angliyada. Kembrij biokimyo instituti (1933-35), Oksford universiteti (1935-48), Italiyadagi xalqaro kimyo mikrobiologiya markazida turli lavozimlarda ishlagan (1948-61). 1961 yildan London universitetida biokimyo professor. Ilmiy faoliyati insulinning kimyoviy asoslari, penisillinning kimyoviy va klinik xususiyatlarini o’rganishga oid. Nobel mukofoti laureati (1945; A. Fleming va X. Flori bilan hamkorlikda).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz