Chexiya milliy xokkey terma jamoasi
Chexiyaning xokkey boʻyicha erkaklar milliy terma jamoasi Chexiyaning xokkey boʻyicha milliy terma jamoasidir. Chexiya milliy xokkey terma jamoasi dunyodagi eng muvaffaqiyatli milliy xokkey jamoalaridan biri hisonlanadi. Shuningdek, Chexiya milliy xokkey terma jamoasi Kanada, Finlandiya, Rossiya, Shvetsiya va Amerika Qo'shma Shtatlari mamlakatlari bilan birga eng kuchli erkaklar xokkey terma jamoalarining norasmiy guruhi boʻlgan „Katta oltilik“ aʼzosidir. Chexiya xokkey uyushmasi tomonidan b oshqariladi. Chexiya Respublikasida rasmiy ravishda uyushgan xokkey bilan shugʻullanadigan 85 000 erkak oʻyinchi bor (aholining 0,8%).
Chexiya milliy xokkey terma jamoasi 1998-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Undan soʻng, terma jamoa 1999-yildan 2001-yilgacha jahon chempionatlarida ketma-ket uchta oltin medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Keyingi uch yil ichida Chexiya milliy xokkey terma jamoasi jahon chempionatlarida medal olmadi (2004-yilda Praga va Ostravada boʻlib oʻtgan erkaklar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha jahon chempionatida ham medal ololmadi). Biroq, keyingi yili Chexiya milliy xokkey terma jamoasi 2005-yilgi turnirda oltin medalni qoʻlga kiritdi.
2006-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida Chexiya milliy xokkey terma jamoasi bronza medali uchun oʻyinda Rossiya milliy xokkey terma jamoasini 3: 0 hisobida magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2006-yildagi xokkey boʻyicha jahon chempionatida Chexiya milliy xokkey terma jamoasi finalda Shvetsiya milliy xokkey terma jamoasiga magʻlub boʻlib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Chexiya 2010-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Chexiya Respublikasi tarixda birinchi marta 2022-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlarida chorak finalga chiqa olmadi. Chexiya milliy xokkey terma jamoasi turnirda to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Bu terma jamoa tarixidagi eng past ko‘rsatkich edi. Lekin, Chexiya milliy xokkey terma jamoasi 2022-yilgi IIHF jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Turnir natijalari
Olpimpiada oʻyinlari
Jahon chempionati
Xokkey boʻyicha Jahon kubogi
Yevropa xokkey turniri
Jamoa
Joriy roʻyxat
2022-yilgi IIHF jahon chempionati uchun roʻyxat.
Bosh murabbiy: Kari Jalonen
Foydalanilmaydigan raqamlar
=== Murabbiylik tarixi ===; Olimpiada
Forma evolyutsiyasi
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org