CHEX TILI
CHEX TILI — Hind-Yevropa tillari oilasidagi slavyan guruhining Sharqiy slavyan guruhchasiga mansub tillardan biri, Chexiya Respublikasining rasmiy tili. Asosan, Chexiyada (8,5 million kishi), shuningdek, Slovakiya, AQSh, Kanada, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 10 million kishidan ortiq (o’tgan asrning 90-yillari o’rtalari). Chex tili 4 lahjaga bo’linadi: 1) asl Chex (markazi Praga bulgan o’rta Chex, Janubiy g’arbiy, shimoliy Sharqiy shevalar); 2) ganak (Ganas); 3) Lyash (Silez); 4) moravslovak. Fonetik xususiyatlari: so’z ma’nolari va shakllarini farqlashga xizmat qiladigan cho’ziq va qisqa unlilarning mavjudligi, qattiqlik va yumshoklik buyicha mos keluvchi 3 juft undoshning borligi va boshqalar. Morfologik xususiyatlari: otlar turlanishi va fe’llar tuslanishining xilmaxil turlari, 3 ta jins kategoriyasi, 2 xil son kategoriyasining mavjudligi, sodda utgan zamon shaklining yukligi va boshqalar. Adabiy Chex tili o’rta Chex shevalari asosida shakllangan. Dastlabki yozma yodgorligi 13asrga mansub. 15-16-asrlarda adabiy til barqarorlashgan, lekin 1620 yildan 18-asr oxirigacha Chexiya Gabsburglar sulolasi qo’l ostida bulib, rasmiy til nemis tili bo’lganligidan Chex tili rivojlanmay qolgan. 18-asr oxiri — 19-asr boshida Chex tili 16-17-asrlar adabiyoti asosida qayta tug’iladi. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz