Chevrolet Malibu
Chevrolet Malibu — „General Motors“ tomonidan ishlab chiqilgan avtomobil. Yuksak harakatlanish xarakteristikasi, zamonaviy xavfsizlik tizimi va betakror interyeri bilan alohida ajralib turuvchi „Malibu“da yangi dizaynerlik ishlanmalari qoʻllanilgan: ikki sektsiyali Chevrolet radiator panjaralari, kuchli ksenon faralar, shuningdek, svetodiodli bejirim orqa faralar shular jumlasidandir.
Avtomobil 2,4 litr hajmli, toʻrt silindrli 169 va 263 ot kuchi quvvatiga ega mexanik va avtomat uzatmali dvigatel bilan jihozlangan. Ushbu modelda rul boshqaruvining yaxshilangani avtomobilning haydovchi harakatiga nisbatan tez va aniq reaksiyasini taʼminlaydi, izolatsiya qilingan oldingi rama shovqin va vibratsiyaning salonga kirishiga yoʻl qoʻymaydi. „Malibu“ kuzovi konstruksiyasi mustahkam ishlangani avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishda qoʻshimcha qulaylik yaratadi.
Avtomobil yangi audio va navigatsiya tizimlari bilan jihozlangan. „Malibu“ oltita xavfsizlik yostiqchasi, bosh va boʻyin qismlarni himoya qiluvchi xavfsizlik pardalari bilan taʼminlagan.
GM Uzbekistan qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilgan Chevrolet Malibu avtomobili yuksak harakatlanish xarakteristikasi, zamonaviy xavfsizlik tizimi va betakror interyeri bilan alohida ajralib turuvchi Malibuda yangi dizaynerlik ishlanmalari qoʻllanilgan:
uzatmali dvigatel bilan jihozlangan.
Ushbu modelda rul boshqaruvining yaxshilangani avtomobilning haydovchi harakatiga nisbatan tez va aniq reaksiyasini taʼminlaydi, izolatsiya qilingan oldingi rama shovqin va vibratsiyaning salonga kirishiga yoʻl qoʻymaydi. Malibu kuzovi konstruksiyasi mustahkam ishlangani avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishda qoʻshimcha qulaylik yaratadi. Avtomobil yangi audio va navigatsiya tizimlari bilan jihozlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org