CHESKEBUDEYOVISE
CHESKEBUDEYOVISE – Chexiyadagi shahar, Vltava daryosi buyida. Budeyovise viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 98 ming kishi (2000). Mashinasozlik, oziq-ovqat (“Budvar” pivo zavodi va boshqalar), yog’ochsozlik (qog’oz, “Koxinor” qalami va boshqa kantselyariya buyumlari ishlab chiqarish) sanoati korxonalari mavjud. O’rta asrlarga oid me’moriy yodgorliklar (gotika uylari, monastirlar, cherkovlar va ratusha) saqlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz