Cheshir Mushugi
Cheshir Mushugi (inglizcha: Cheshire Cat) — Lewis Carrollning „ Alisa moʻjizalar mamlakatida“ kitobidagi qahramon. Doimo tabassum qilib turuvchi mushuk, oʻz xohishiga koʻra teleportatsiya qila oladi, xayrlashuv oldidan havoda faqat tabassum qoldirgan holda tezda yoki aksincha sekin-asta koʻzdan gʻoyib boʻla oladi.
Mushuk nafaqat Alisani qiziqtiradigan suhbatlar bilan, balki baʼzan juda zerikarli falsafiy uydirmalar bilan ham band qiladi. Muallifning „yurtdoshi“ boʻlgan yagona qahramon — Cheshir (Chestershir) fuqarosi boʻlgan.
Obrazning kelib chiqishi
Lewis Carroll kitobining asl nusxasida Cheshir Mushugi tasvirlanmagan edi. Mushuk asarda faqat 1865-yilda paydo boʻlgan. Oʻsha vaqtlarda „Cheshir mushugi kabi tirjayadi“ iborasi tez-tez ishlatilgan. Ushbu iboraning kelib chiqishi haqida turli xil talqinlar mavjud. Quyida ulardan uchtasi keltirilgan:
„O‘ylab topilgan mavjudotlar kitobi“ (Book of fictional creatures) kitobidagi „Cheshir mushugi va Kilkenni mushuklari“ (The Cheshire Cat and the Kilkenny Cats) boʻlimda George Louis Borges shunday deb yozadi:
Moʻjizalar mamlakatidagi Cheshir Mushugi Kongleton Mushugining sharpasi kabi gʻoyib boʻlish qobiliyatini oʻzlashtirgan. Hayoti davomida bu mushuk (Kongleton Mushugi) cherkovga maʼsul boʻlgan ayolning sevimli mushugi boʻlgan, lekin bir kuni mushuk sayrdan keyin uyiga qaytmaydi… Bir necha kundan keyin ayol eshik tirnalayotganini eshitadi, eshikni ochganida ostonada uning sevimli mushugi oʻtirardi, ammo, bir lahzadan soʻng u havoda bugʻlangandek gʻoyib boʻladi. Oq mushukning sharpasini yillar davomida yuzlab odamlar koʻradi. U har oqshom payti paydo boʻladi: u ayolning, ayol doʻstlarining va Cheshir Abbeyga (cherkov) tashrif buyuruvchilarning koʻziga koʻrinadi. Carroll bu hikoyadan ilhomlanib, oʻzining jilmayuvchi Cheshir Mushugini kashf qilishda Kongleton arvoh mushugining tasviridan foydalangan.
Cheshir mushugi madaniyatda
Mushuk „Alisa moʻjizalar mamlakatida“ kitobiga asoslangan boshqa asarlarda ham paydo boʻladi:
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org