Cheryl Campbell
Cheryl Campbell (22-may, 1949-yil, Angliyada tugʻilgan) — britaniyalik sahna, kino va televideniye aktrisasi. U Bob Hoskins bilan 1978-yilda BBC telekanalida efirga uzatilgan dramatik teleserial Pennies From Heavendarol oʻynagan. Campbell 1980-yilda Testament of Youth va Malice Aforethough seriallaridagi roli uchun Eng yaxshi ayol roli nominatsiyasida BAFTA TV mukofotini va 1982-yilda A Doll's Housedagi roli uchun, "Tiklangan filmdagi eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasi boʻyicha, Olivier mukofotini qoʻlga kiritgan. Uning filmlardagi chiqishlari orasida Chariots of Fire (1981), Greystoke: The Legend of Tarzan, Lord of the Apes (1984) hamda The Shooting Party (1985) kabi kartinalar mavjud.
Yoshligi
Hertfordshire shahrida joylashgan Saint Albans tumanida tugʻilgan Campbell aviakompaniya uchuvchisining qizidir. U Saint Albansdagi Francis Bacon Grammar School maktabida va London Academy of Music and Dramatic Art (LAMDA) akademiyasida tahsil olgan. Uning repertuariga Palace Theatre, Watford, Birmingham Rep va Glazgodagi Citizens' Theatre kabi teatrlarda ijro etilgan sahna koʻrinishlari ham kiradi.
Faoliyati
Filmlarda
Campbell BBCning Testament of Youth (1979) televizion dramasida Vera Brittain obrazi (bosh rol) bilan tanilgan. Bu roli uchun u British Academy Television Award (BAFTA) va Broadcasting Press Guild mukofotlarini eng yaxshi ayol roli nominatsiyalarida qoʻlga kiritgan. Aktrisa oʻzining birinchi BAFTA nominatsiyasini Dennis Potterning Pennies from Heaven (1978) teleserialida Bob Hoskinsga qarshi boʻlgan Eileen Everson roli uchun olgan edi. Cherylning Potter asaridagi yana bir roli Rain on the Roof (1980) filmidagi Janet roli boʻlgan.
Sahnalarda
U 1992—1994-yilgi mavsumda RSCga qaytib keladi va Noblening Macbeth nomli munozarali spektaklida Derek Jacobining bosh roldagi sherigi Lady Macbeth rolini ijro etadi. Beatrice-Joanna rolini The Changeling pyessasida ijro etgan boʻlsa, The Merry Wives of Windsor sahna koʻrinishida xonim Ford obrazini va Misha's Partyda Natasha rolini gadvalantirgan
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org