CHERYAZOVA LINA ANATOLEVNA



CHERYAZOVA LINA ANATOLEVNA (1968.1.11, Toshkent) — fristaylchi, “O’zbekiston iftixori” (1998), O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi (1994). O’zbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1994). Cheryazova fristaylning akrobatika turi bo’yicha jahon chempioni (1993, Altenmark), 2 karra jahon kubogi g’olibi (1993, 1994), qishki Olimpiada o’yinlari chempioni (1994, Lillexammer). Osiyo o’yinlari (1996, Xarbin) va Nagano olimpiadasi (1998) da qatnashgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz