Chertik




Pochaqirqar , chertik, fors pochaqirqari (Hulthemia persica) — raʼnodoshlar oilasiga mansub tikanli buta. Boʻyi 15—25 sm. Barglari oddiy, tes-kari-tuxumsimon, ellipssimon, poyaga navbat bilan joylashgan. Tanasi tikanli. Guli tilla rangsariq, tojbarg tubi qoramtir-qizil dogʻli. Chan-gchilari koʻp, toʻq binafsha rang. Aprel —iyul oylarida gullab, iyun— avgustda meva beradi.

Oʻzbekistonda adir va togʻ yon bagʻirlarida, yoʻl yoqalarida koʻp oʻsadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz