Chernobyl (miniserial)
Chernobyl — Amerika kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan, 25 qismdan iborat tarixiy dramma shaklidagi kichik serial sanaladi. Serial Craig Mazin tomonidan yaratilgan boʻlib, rejissori Johan Renkdir. Serialda Ared Harris, Stellan Skarsgård, Emily Watson va Paul Ritter kabi aktyor va aktrissalar roʻl oʻynashgan. Chernobil seriali Amerikaning mashhur HBO va Buyuk Britaniyaning Sky telekanallari tomonidan kelishuv asosida amalga oshirgan loyiha boʻlib, serialning dastlabki qismlari 2019-yilning 6-may kuni Amerikada, 7-may kunidan boshlab esa Buyuk Britaniyada efirga uzatila boshlanadi. Serial, 1986-yil SSSRda roʻy bergan Chernobil fojiasi va bu fojiani oldini olishga qaratilgan omonsiz kurashlarni hikoya qilib beradi.
Qoʻlga kiritgan mukofotlari
Primetime Emmy mukofotining 19 ta yoʻnalishi boʻyicha nomzod qilib koʻrsatilgan serial „Eng yaxshi kichik serial“ va „Eng yaxshi ssenariy“ nominatsiyalari boʻyicha gʻolib deb topiladi. Harris, Skarsgård va Watsonlar esa „Eng yaxshi aktyorlar“ nominatsiyasida gʻolib boʻlishadi.
Chernobil seriali oltin globus mukofotlari orasidan „Eng yaxshi kichik serial“ deb topilgan boʻlsa, aktyor Skarsgård „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb eʼlon qilinadi.
Mavzusi
Chernobil, 1986-yilning aprel oyi Ukraina SSRning Atom elektr stansiyasi (AES)ning portlashiga sababchi boʻlgan kishilar va uning oldini olish harakat qilgan insonlar haqida hikoya qilib beradi. Serial voqea joyiga birinchilardan boʻlib yetib borgan oʻt oʻchirish xodimlari, koʻngillilar va 4-reaktor ostidan tunnel qazishda ishtirok etgan kon ishchilarining fidokorona mehnati kabi voqealar va baʼzi sirli hodisalarni ochib beradi.
Chernobil seriali, belarussiyalik nobel mukofotiga sazovor boʻlgan yozuvchi Svetlana Alekseyivichning „Chernobil saslari“ asaridagi Pripyat xalqining xotiralariga asoslanadi.
Suratga olish ishlari
Suratga olish ishlari 2018-yilning aprel oyida boshlab yuboriladi. Dastlabki kadrlar 2018-yilning 13-may oyida Litva poytaxti Vilnyus shahrida, Ukrainaning Pripyat shahrini tasvirlash uchun foydalanilgan Fabijoniškės’da amalga oshiriladi. Chunki bu shaharcha sovet davrining antik muhitini oʻzida saqlab qolgan edi. Chernobil AESni tasvirlash uchun esa oʻz faoliyatini toʻxtatgan va „Chernobilning ukasi“ deb taʼrif etilgan Ignalina AESning binosidan foydalanishadi. Shu maqsadda film ijodkorlari Visaginas shahriga koʻchib oʻtishadi. Serialning finali Ukrainada suratga olinadi. Filmni suratga olish ishlari 16 hafta davom etadi.
Musiqasi
Film musiqasi Islandiyalik bastakor Hildur Guðnadóttir tomonidan bastalanadi. Eʼtiborli jihati musiqa ovozi ishlab turgan haqiqiy AESdan yozib olingan edi.
Qarshiliklar
Chernobil seriali ijodkorlari Rossiyaning Kommunistik partiyasi tomonidan Sovet davlatiga boʻhton qilganlikda ayblanadi. Va serialning Rossiyaga kirishini taʼqiqlab qoʻyilishni soʻrab chiqishadi. Serialning eʼlon qilinishi bilan Chernobil fojiasi yana bir bor kun tartibidagi asosiy masalalardan biriga aylanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org