Chernivsi viloyati
Chernovtsi viloyati (ukr.
Чернівецька область ) — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1940-yil 7-avgustda tashkil etilgan. Maydoni 8,1 ming km². Aholisi 913 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar, shuningdek, moldavan, rumin, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 36%. 10 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 10 shahar va 9 shaharcha bor. Markazi — Chernovtsi shahri Muxim shaharlari: Chernovtsi, Xotin, Storojinets.
Chernivsi viloyati Karpat togʻlari va shu togʻ etaklari hamda VolinPodoliya qirlarining tarmoqlarida joylashgan. Iqdimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –4,8° dan –10° gacha; iyulniki 12°–19°. Yillik yogʻin 500–1000 mm. Vegetatsiya davri 206–216 kun. Muhim daryolari: Dnestr, Prut, Siret. Tekislikda sur tusli oʻrmon va podzollashgan qoratuproq, togʻlarda va togʻ etaklarida podzollashgan qoʻngʻir tuproq va chimli qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Hududining 28% oʻrmon va butazorlar (qoraqaragʻay, oqqaragʻay, dub, qora qayin). Togʻ va togʻ etaklari tabiiy pichanzor va yaylov. Oʻrmonlarda bugʻu, qobon, ayiq, silovsin, tulki, suvsar, tiyin, ondatra, malla tovushqon yashaydi. Zubr, los, norka; qushlardan qirgʻovul iqlimlashtirilgan.
Oziq-ovqat, yengil va mashinasozlik sanoatlari rivojlangan. Goʻsht, yogʻmoy kombinatlari, shakarqand, sabzavot quritish va konserva zavodlari bor.
Mashinasozlik korxonalari, neft sanoati uchun apparaturalar, energetika asboblari, yengil sanoat uchun stanoklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Oʻrmon va yogʻochsozlik sanoati rivojlangan. Viloyat elektr energiyani Chernovtsi issiqlik elektr markazidan oladi. Ipgazlama, qoʻlqoptrikotaj, paypoq ishlab chiqarish birlashmalari ishlab turibdi. Chernovtsi viloyati gʻalla va texnika ekinlari yetishtirish, sutgoʻsht uchun qoramol boqishga ixtisoslashgan. Gʻalla, texnika va yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik rivojlangan. Viloyatxoʻjaliklarida qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Chernovtsi viloyati uzunligi 466 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 2,7 ming km. 2 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 5 muzey, filarmoniya, 2 teatr bor. Chernovtsi viloyati hududida 17—18-asrlarga oid tarixiymeʼmoriy yodgorliklar (yogʻoch cherkovlar) saqlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org