CHERKASLAR



CHERKASLAR (o’zlarini — Adige deb atashadi) — Qorachoy Cherkasiyadagi xalq (40,2 ming kishi). Rossiya Federatsiyasida jami 50,7 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Turkiya va Old Osiyoning boshqa mamlakatlarida kelib chiqishi shimoliy Kavkazdan bo’lgan barcha aholini Cherkaslar deb ataydilar. Umumiy soni 270 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Kabardin-cherkas tilida so’zlashadi. Dindor Cherkaslar — sunniy musulmonlar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz