Cherepitsa




Cherepitsa (rus.) — asosan, bino tomiga yopish uchun ishlatiladigan kurilish materiali. Ch.larning aksariyati sopol va sementqum kirishmasidan tayyorlanadi. Sopol Ch.lar 1000— 1100°C trada kuydirish yoʻli bilan, sementqum qorishmali Ch.lar esa mexanik presslar yordamida tayyorlanadi. Ch. nishabi kamida 30° li tom ustiga oʻrnatilgan yogʻoch reykalarga birbiriga ilashtirib terib chiqiladi. Oʻzbekistonda kam tarqalgan, lekin keyingi yillarda plastmassa, metall va boshqa materiallardan tayyorlangan Ch.lar paydo boʻla boshladi.



uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz