Cheremshanka (Sharqiy Qozogʻiston viloyati)




Cheremshanka (qozoqcha: Черемшанка) — Qozogʻistonning Sharqiy Qozogʻiston viloyati Glubokovskiy tumaniga qarashli qishloq. Cheremshanskiy qishloq okrugining maʼmuriy markazi. Tuman markazi Glubokoe qishlog'idan 52 km sharqda joylashgan. KATO kodi - 634069100.

Geografiyasi



Qishloq Ridder (sobiq Leninogorsk) shahridan 41 km g'arbda va Ust-Kamenogorskdan 86 km shimoli-sharqd tarafda joylashgan. Ulba daryosining o'ng irmog'i bo'lgan Cheremshanka daryosi ushbu qishloqdan o'tadi (Irtishning o'ng irmog'i).

Tarixi



1799-yilda Zmeinogorskiy tumanining Ridder volostida qadimgi "polyaklar" tomonidan tashkil etilgan.

Aholisi



1999-yilda qishloq aholisi 3933 kishi (1981 erkak va 1952 ayol)ni tashkil etgan. 2009-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, qishloqda 3300 kishi (1629 erkak va 1671 ayol) yashagan.

Infratuzilmasi



Qishloqda Cheremshanskaya parrandachilik fermasi (ishlamaydi), Cheremshanka temir yo'l stantsiyasi mavjud. Qishloqdan A10 avtomagistralining bir tarmog'i o'tadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz