Cherdansev Gleb Nikanorovich




Gleb Nikanorovich Cherdansev (1885.4.8, Omsk 1958.5.12, Moskva) — iqtisodchi va geograf olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1956), iqtisod fanlari doktori (1936). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1955). Peterburg Politexnika institutini tugatgan (1909). Odessada (1910—15), Turkiston oʻlkasining turli boshqarmalarida (1915—17) ishlagan. Turkiston xalq universitetning rektori (1918). TurkASSR Davlat plan qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1922—23), XXSR Davlat plan qoʻmitasi raisi (1923). Moskva Geodeziya, aerofotosʼyomka va xaritagrafiya muhandislari instituti professor (1924—58). Asosiy ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyo energetikasi, qishloq xoʻjaligi va irrigatsiya, moliyasavdo ishlari, mehnat va transport vositalari, iqtisodiy rayonlashtirish masalalarini oʻrganishga qaratilgan. Toshkentdagi koʻchalardan biri Cherdansev nomi bilan atalgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz