CHERAGALAR (Mergus) — o’rdaksimonlar oilasiga mansub qushlar urug’i. 7 turi ma’lum. Tumshug’i uzun, ingichka, chetida o’tkir tishchalari bor. 5 turi shimol yarim sharda, 1 turi Janubiy Amerikaning tropik qismida va 1 turi Oklend orollarida yashaydi. Katta cheraga turi O’rta Osiyo tog’lari va Sevan ko’lida tarqalgan. Uning tanasi 80 santimetrcha, og’irligi 1,5— 2 kilogramm. Uzun tumshuq Cheragalar, tangachali Cheragalar va qishlash joyiga uchib o’tayotganda uchraydi. Cheragalar uyasini erga, qoya yoki kovaklarga yasaydi. 8—15 ta tuxum qo’yadi. Baliq, suvdagi qasharotlar, ba’zan mollyuskalar bilan oziqlanadi. Xo’jalik ahamiyati kam.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish