Cheprakov Konstantin Pavlovich




Cheprakov Konstantin Pavlovich (1907.13.9, Ukraina, Berdyansk shahri — 1972.31.5, Toshkent) — moyboʻyoqchi rassom, grafik. Oʻzbekston xalq rassomi (1967). Rassomlikni mustaqil oʻrgangan. 1933-yildan Toshkentda yashagan. Maishiy kartinalari ("Dam olish kunida", "Pensionerlar", "Mehmondorchilikda" va boshqalar)da Oʻzbekiston manzaralari zaminida baxtiyor hayotni ifodaladi. Moyboʻyoq va akvarelda ham manzaralar tasviri ("Chirchiq yoʻlida tong" va boshqalar)ni yaratdi.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz