Chenla




Chenla — ilk oʻrta ayerlar (6-asr oʻrtasi — 8-asrlar)da Mekong daryosi oʻrta oqimi boʻylarida yashagan monkxmer qabilalari birlashmasi. 8-asrda Ch.ning soʻnggi xukmdori malika Jayadeva davrida oʻzaro raqobatda boʻlgan knyazliklarga parchalanib ketgan. Ch. xukmdori Ishanavarman I (7-asr boshi — taxminan 635) Funan viloyatini egallab, oʻz hokimiyatini Gʻarbga, Angkor tomongacha tarqatgan hamda StungSen daryosi boʻyida Ch. poytaxti — Ishanapur shahriga asos solgan. Ch. davridan gʻishtdan kurilgan koʻplab sajdagoxlar, xaykaltaroshlik namunalari, epigrafik yodgorliklar saklanib qolgan. Ch.ning madaniy anʼanalari keyinchalik Kambudjadesha davlatida davom ettirilgan.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz