CHENDU — Xitoyning Markaziy qismidagi shahar, Mintsyazn daryosi vodiysida. Sichuan provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 9,9 million kishi (1999, shahar atrofi bilan). Transport yo’llarining yirik chorrahasi. Mamlakatning muhim sanoat markazlaridan. Ko’p tarmoqli mashinasozlik (stanoklar, radioapparatura, transport vositalari), mis, alyuminiy, kimyoviy o’g’itlar ishlab chiqarish, yog’ochsozlik, metallsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. universitet bor. Shaharga miloddan avvalgi 4-asrda asos solingan. 13, 16-18-asrlarga oid me’moriy obidalar saqlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish