Chen Ir Son (Andrey Buirovich)
Chen Ir Son Andrey Buirovich (Chen Ir-Song, Chen-Irson; 6-avgust 1921-yil, Vladivastok – 25-fevral 1981-yil, Olmaota, Qozogʻiston SSR) – koreys millatiga mansub sovet futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida toʻp surgan. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1966).
Biografiya
1921-yil 6-avgustda Vladivostokda tugʻilgan.
1937-yilda Stalinning koʻchirish siyosati natijasida u Qozogʻistonda kelib qoldi. 1943-yilda „Dinamo“ (Olmaota) klubida oʻynay boshladi.
SSSR chempionatlarida u Olmaotaning „Dinamo“ (1946, uchinchi guruh, 1948—1953, „B“ toifasi, „Spartak“ (1947, ikkinchi guruh), „Lokomotiv“ / „Hosil“, keyinroq „Qayrat“ nomi ostida faoliyat yuriytgan (1954—1955, „B“ toifasidagi) jamoalarida oʻynagan.
1955-yilgi mavsumni futbolchi sifatida boshlagan Chen, mavsum boshidayoq bosh murabbiy Arkadiy Xoxmanning yordamchisi sifatida murabbiylikka oʻtdi. 1955-yilda „Urojay“ „B“ toifasidagi 2-zonaning 16 jamoasi ichida 10-oʻrinni egalladi. 1956-yilgi mavsumda jamoa juda past natijalar bilan boshlandi. Natijada 1-turdan soʻng Xoxman oʻrniga Moskvadan bosh murabbiy lavozimiga taniqli mutaxassis Pyotr Grigoryevich Zenkin taklif qilindi. Chen yanggi murabbiy bilan ishlashda davom etdi. Amaldagi „Qayrat“ning murabbiylar shtabi (Jamoa oʻz nomini 1956-yil 1-iyulda olgan). 1956-yilda 18 ishtirokchidan 15-oʻrin, 1957-yilgi SSSR chempionatining 3-chi zonasi „B“ toifasida 16 jamoadan 7-oʻringa yuqorilishida katta ishni bajardi.
1958-yil 5-iyunda Shimoliy Koreya sport tashkilotlarining iltimosiga binoan u Pxenyan shahriga yuborildi va u yerda bir necha yil Shimoliy Koreya milliy, yoshlar va boshqa terma jamoalarida maslahatchi murabbiy boʻlib ishladi. 1959-yilda u SSSR boʻylab turnega chiqqan Pxenyan terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. 1966-yilgi jahon chempionatida sensatsion tarzda chorak finalga qadar yetib borgan KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Myung Rye-hyun, Chen Ir Sonning shogirdlaridan edi.
1965—1967-yillarda Oʻzbekiston SSR futbol jamoasi „Politotdel“ (Doʻstlik kolxozi) klubi bosh murabbiyi boʻlib, klub bilan 1966-yilda „A“ toifasining ikkinchi guruhi final turnirida ishtirok etib, jamoa 3-oʻrinni egallagan. 1966-yilgi mavsum yakunida Politodel futbolchilari SSSR sport ustasi, Chen Ir Son esa Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoniga sazovor boʻldi.
1968-yilda Chen Ir Son „A“ toifasining 2-guruhida Qozogʻistonning boshqa ikkita jamoasi (Qaragʻandining „Shaxtyor“ va Chimkentning „Metallurg“) bilan birga oʻynagan „Vostok“ (Ust-Kamenogorsk) jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Gennadiy Kostyuchenko Chenning yordamchisi boʻlib ishlagan. Oʻsha davrda „Vostok“ unchalik yaxshi oʻyin koʻrsatmadi: 4-kichik guruhda 21 nafar turnir ishtirokchisi ichida atigi 15-oʻrin bilan kifoyalandi. Biroq, 1968-yilgi mavsumda jamoa QazSSR Vazirlar Kengashi sovrini uchun kubokni qoʻlga kiritdi. 7-aprel kuni Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan final bahsida „Vostok“ jamoasi „Jambul Vosxod“ni 2:1 hisobida magʻlub etdi.
1969-yilda „Qayrat“ jamoasiga ustozlik qilgan. Birinchi bosqichda jamoa 1-14-oʻrinlar uchun kurashgan guruhga kirish uchun yetarli ochkoga ega boʻlmagan, autsayder turnirda esa „Qayrat“ 20 ta oʻrindan 17-oʻrinni egallab, „A“ toifasi birinchi guruhini tark etgandi.
Keyinchalik Chen Ir Son yana bir bor oʻzini professional jamoa murabbiyi sifatida sinab koʻrdi. 1974-yilda u 2-liganing 1-zonasida oʻynagan „Dinamo“ (Tselinograd) klubini boshqargan. Tselinograddagi ishlar yaxshi ketmadi va jamoa turnir jadvalida doimiy quyi pogʻonada edi. Musoboqaning 1-davrasi yakuniga yetganidan soʻng murabbiy almashdi. Iyulda Chen Ir Son oʻrniga Vladimir Kotlyarov keldi.
1970-yillarda oʻzining professional murabbiylik faoliyatini yakunlab, M.Kirov nomidagi Qozoq milliy universiteti jismoniy tarbiya kafedrasi oʻqituvchisi boʻldi.
U 1984-yil 25-fevralda Olmaotada vafot etdi, shaharning Shimoliy qabristoniga dafn qilindi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org