Chen Binbin




Chen Binbin (1998-yil 10-iyunda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda „Shanghai SIPG“dan ijara asosida Kataller Toyama jamoasiga oʻtgan. Chen Binbin Xitoy terma jamoasiga ham chaqiruv olgan.

Klubdagi faoliyati



Chen Binbin oʻzining professional futbolchilik faoliyatini 2014-yilda Shanghai SIPG yoshlar akademiya jamoasiga qoʻshilgach Shanghai International Port Group klubi va Syu Genbao 17 yoshgacha boʻlgan jamoani sotib olganidan soʻng boshlagan. U 2017-yilgi mavsumda oʻsha paytdagi murabbiy Andre Villash-Boash tomonidan asosiy jamoa tarkibiga qoʻshib olgan va unga oʻynash huquqini bergan. U klubdagi debyutini 2017-yilning 9-iyulida „Changchun Yatay“ga qarshi oʻtkazgan. Oʻyinda Shanghai klubi safarda boʻlishiga qaramay 4:2 hisobida gʻalaba qozongan. U Shanghai klubdagi ilk golini 2019-yilning 17-iyulida „Hebei China Fortune“ jamosiga qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan. Uning „Shanghai SIPG“ jamosi bilan shartnomasi 2024-yilgacha amal qiladi.

2022-yilning 11-avgustida Chen Binbin J3 ligasi vakili Kataller Toyama bilan 2022-yilning 31-dekabrigacha amal qiladigan ijara shartnoma imzolagan va hozirgi vaqtda Kataller sharafini himoya qilib kelmoqda

Xalqaro faoliyati



Chen Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2018-yilning 26-may kuni Myanma terma jamoasiga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. Chen oʻyinning 76-daqiqada Huang Zichang oʻrniga maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi



Klub statistikasi




Xalqaro statistika




Yutuqlar



Klub



Shanghai SIPG

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz