Chemberlen Nevill
Neville Chamberlain (1869.18.3, Ejboston, Birmingem — 1940.9.11, Xikfild) — Buyuk Britaniya davlat arbobi. Konservatorlar partiyasi rahbarlaridan biri. 1915—16 yillarda Birmingem shahrining lordmeri. 1918-yildan parlament aʼzosi (konservatorlar partiyasidan). Pochta vaziri (1922—23), Sogʻliqni saklash vaziri (1923, 1924— 29, 1931). Moliya vaziri (193137). Konservatorlar partiyasi raisi (1930— 31). 1937—40 yillarda bosh vazir va konservatorlar partiyasi rahbarlaridan biri. Gitler, Mussolini va Daladye bilan 1938-yilda Myunxen bitimini imzolagan. Ch. 1939 i. Moskvada bulib utishi koʻzda tutilgan agressorlarni jilovlashga qaratilgan harbiysiyosiy ittifoq boʻyicha muzokaralarni barbod qilganlikda ayblangan. Natijada Angliya nihoyatda ogʻir vaziyatda Ikkinchi jahon urushiga kirgan. Ayni vaqtda Ch. Germaniya agressiyasini Sharqqa, yaʼni SSSRga qarshi yunaltirish buyicha koʻp harakatlarni amalga oshirdi. Germaniya 1940-yilning bahorida Gʻarbiy frontda keng kulamda xujumga utganda Ch. bosh vazir lavozimidan isteʼfoga chiqishga majbur bulgan.
uz.wikipedia.org