Chelsie Monica Ignesias Sihite




Chelsie Monica Ignesias Sihite (1995-yil 2-noyabrda tugʻilgan) — indoneziyalik shaxmatchi va Twitch strimeri. U 2011-yilda FIDE xalqaro ayol ustasi (WIM) unvonini oladi va beshta shaxmat olimpiadalarida Indoneziya sharafini himoya qiladi (Xanti-Mansiysk 2010, Istanbul 2012, Tromso 2014, Boku 2016, Batumi 2018).

Shaxmatdagi faoliyati



2011-yil iyun oyida Tarakan shahrida oʻtkazilgan ASEAN+ 12+ yosh toifasidagi shaxmat boʻyicha chempionatda „Ayollar xalqaro ustasi“ unvoniga sazovor boʻladi. U 6,5 ochko (+5 =3 −1) toʻplaydi va Võ Thi Kim Phung va Jansaya Abdumalik bilan birgalikda birinchi oʻrinni egallaydi. Ammo tay-breklarda yutqazib, uchinchi oʻrinni egallaydi.

2012-yil avgust oyida u Afinada shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. U 8,5 ball (+8 =1 −4) toʻplab, sakkizinchi oʻrinni egallab, gʻolib Guo Qidan bir ochko ortda qoladi.

2012-yil sentabr oyida Istanbulda boʻlib oʻtgan 40-shaxmat olimpiadasida u oʻzining birinchi "Ayol grossmeyster " unvonini qoʻlga kiritadi. U 8 ochko (+7 =2 −1) toʻplaydi. Bu Betul Jemre Yildiz va Irina Krushdan keyin uchinchi eng yaxshi individual koʻrsatkich hisoblanar edi. Ushbu musobaqada Indoneziya terma jamoasi umumiy hisobda 24-oʻrinni egallaydi.

2015-yil noyabr oyida u Jakartada shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Indoneziyaning 45-milliy chempionatida gʻolib boʻladi. U 8 ochko toʻplab (+6 =4 −0),Shanti Nur Abida va Medina Varda Auliyadan yarim ochko oldinga oʻtib ketadi. Yakuniy natijalarga koʻra birinchi oʻrinni egallab chempionlikni qoʻlga kiritadi.

2019-yil iyun oyida u Yogyakarta shahrida boʻlib oʻtgan JAPFA shaxmat boʻyicha ayollar grossmeyster turnirida ikkinchi ayol grossmeysterlik darajasini qoʻlga kiritadi. U 6 ochko (+3 =6 −1) toʻplab, gʻolib Lương Phương Xạnhdan bir ochko ortda qoladi va turnirni beshinchi oʻrinda yakunlaydi.

2020-yil oktabr oyida u Osiyo xalqlari (mintaqalari) ayollar onlayn kubogida ishtirok etadi. U turnir bosqichida 5 ochko (+5 =0 −4), pley-off bosqichida esa 3,5 ochko (+3 =1 −2) toʻplaydi. Indoneziya terma jamoasi turnir bosqichida oltinchi oʻrinni egallaydi va finalda faqat Hindistonga yutqazib, ikkinchi oʻringa sazovor boʻladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz