Chelsea FK
Chelsea futbol klubi (talaffuzi: Chelsi; ingl. Chelsea Football Club) — 1905-yilda tuzilgan ingliz futbol klubidir. Chelsea Football Club — Gʻarbiy Londonning Fulham shahrida joylashgan ingliz professional futbol klubi. 1905-yilda asos solingan, ular uy oʻyinlarini „Stamford Bridge“ stadionida oʻtkazishadi. Klub Angliya futbolining oliy divizioni Premier Leagueda ishtirok etadi. Chelsea klubi 1955-yilda oʻzlarining birinchi yirik sovrini Angliya Liga chempionligini qoʻlga kiritishadi. Klub birinchi marta 1970-yilda Angliya kubogini, 1971-yilda birinchi marta Angliya kubogini, 1971-yilda birinchi marta UEFA kubogi egalari kubogini qoʻlga kiritishdi. 2022-yilda boʻlib oʻtgan klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida Chelsea klubi gʻolib boʻladi va ushbu musobaqada gʻolib boʻlgan uchinchi ingliz klubiga aylanadi.
Chelsea 1999-yilgacha boʻlgan uchta asosiy Yevropa klublari oʻrtasidagi musobaqalarda gʻalaba qozongan beshta klubdan biri va Yevropaning uchta asosiy musobaqalarida ikki marta gʻalaba qozongan yagona klub hisoblanadi. Shuningdek,Chelsea klubi Chempionlar ligasi va klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqqan yagona London klubidir. Mamlakat ichida klub oltita liga chempionligi, sakkizta Angliya kubogi, beshta Angliya Liga kubogi va toʻrtta FA Community Shieldni qoʻlga kiritdi. Xalqaro maydonda UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Yevropa Ligasi, UEFA Kubok egalari kubogi va UEFA Superkubogida ikki marta, FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida esa bir marta gʻalaba qozongan. Qoʻlga kiritilgan sovrinlar soni boʻyicha Chelsea Angliya futbolidagi eng sovrindor toʻrtinchi klub hisoblanadi.
Klub hamshaharlari „Arsenal“ va „Tottenham Hotspur“ hamda West Yorkshirening „Leeds United“ klublari bilan tarixiy raqobatga ega. Chelsea klubi qiymati boʻyicha dunyodagi sakkizinchi eng qimmat futbol klubidir. 2022-yil holatiga koʻra qiymati 3,10 milliard dollarni tashkil etadi va dunyodagi eng koʻp daromad oladigan sakkizinchi futbol klubidir.
Tarixi
Tashkil etilishi va dastlabki yillari
Asosiy maqola: Chelsea tarixi (1905–1952)
1904-yilda Gus Mears Fulhamdagi Stamford Bridge atletika stadionini futbol maydonchasiga aylantirish maqsadida sotib oldi. U stadionni Fulham klubiga ijaraga berish taklifi rad etadi va uning oʻrniga oʻz klubini tashkil etishni afzal koʻradi. Shaharda allaqachon Fulham nomli jamoa boʻlganligi sababli, yangi klub nomi Chelsea shahriga qoʻshni tuman Kensington FC, Stamford Bridge FC va London FC kabi nomlar koʻrib chiqildi. „Chelsea“ FC 1905-yil 10-martda The Rising Sun pubda (hozirgi The Butcher’s Hook) tashkil etilgan va koʻp oʻtmay Angliya futbol ligasidan roʻyxatdan oʻtgan.
"Chelsea" o'zining ikkinchi mavsumida Angliya birinchi divizionga ko'tarildi. Klub 1915-yilda Angliya Kubogi finaliga qadar etib borishdi va "Old Trafford"da bo'lib o'tgan finalda "Sheffild United" ga mag'lub bo'lishadi. 1920-yilda Angliya birinchi divizionida uchinchi o'rinni egallashdi. Bu klubning shu paytgacha erishgan eng natijasi edi. "Chelsea" yulduz o'yinchilarni klubga olib kelish bo'yicha katta tajribaga ega edi va bu orqali klub muhlislarni stadionga jalb etardi. Klub 1907–1908, 1909–1910, 1911–1912, 1912–1913, 1913–1914 va 1919–1920-yilgi mavsumlarda stadionga tashrif buyurgan muhlislar ko'rsatkichi bo'yicha eng yuqori natija qayd etishdi. Chelsea klubi 1920 va 1932-yillarda Angliya Kubogining yarim finaliga chiqishdi. 1930-yillar davomida Birinchi divizionda qolishdi, ammo urushlararo yillarda klub muvaffaqiyatga erisha olmadi.
Modernizatsiya va birinchi liga chempionati
Chelsea klubiga 1952-yilda "Arsenal" va Angliya terma jamoasining sobiq markaziy hujumchisi Ted Drake bosh murabbiy etib tayinlangan va u klubni modernizatsiya qilishni boshlagan. Ted Drake klubning nafaqaxo'r o'yinchilarini birin ketin jamoadan olib tashladi, tarkibni yoshlar bilan to'ldirdi va mashg'ulotlar rejimini yaxshiladi, quyi divizionlar va havaskorlar ligalarida aqlli o'yinlari bilan o'zini ko'rsatgan futbolchilar bilan jamoani qayta tikladi va 1954–1955-yilgi mavsumda "Chelsea" bilan birinchi yirik sovrin - Liga chempionligiga qo'lga kiritdi. Keyingi mavsumda UEFA Yevropa chempionlar kubogi musobaqasida qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishdi, ammo Futbol Ligasining e'tirozlaridan so'ng, Chelsea musobaqa boshlanishidan oldin musobaqani tark etdi. "Chelsea" yaxshi imkoniyatni qo'ldan boy berdi va 1950-yillarning qolgan qismini turnirning o'rta jadvalda o'tkazdi. Drake 1961-yilda ishdan bo'shatildi va uning o'rniga futbolchi-murabbiy Tommy Docherty keldi.
Klublar oʻrtasidagi JCh
2022-yil 12-fevral kuni BAAning Abu Dabi shahrida boʻlib oʻtgan Futbol boʻyicha Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining final bahsida „Chelsi“ Braziliyaning „Palmeyras“ futbol klubi bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi taymida darvozalarga toʻp urilmadi va jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida yoʻl oldi. Ikkinchi taymning 55-daqiqasida Romelu Lukaku chap qanotdan oshirilgan toʻpni boshi bilan darvozaga joylab, hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa oʻtib, London klubi darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Penaltini Rafael Veyga aniq amalga oshirdi — 1:1. Ushbu hisob uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanguniga qadar saqlanib qoldi.
Shundan soʻng jamoalar qoʻshimcha boʻlimlarga murojaat qildi. 117-daqiqada „Chelsi“ penalti tepish imkoniyatiga ega boʻldi va uni Kay Haverts muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Shu tariqa Yevropa Chempionlar Ligasi gʻolibi „Chelsi“ Janubiy Amerikasida tengsiz boʻlgan „Palmeyras“ni yengib, klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibiga aylandi.
Manbalar
Chelsea F. C.
Havolalar
uz.wikipedia.org